Sport | 14:49 / 14.03.2017
21471
4 daqiqa o‘qiladi

«PSJ» UYeFAga «Barselona»ga qarshi o‘yindagi 8 vaziyat yuzasidan protest yo‘lladi

UYeFAdagi manbalar ma'lumotiga ko‘ra, «PSJ» rahbariyatida YeChLning chorak finali doirasida parijliklar jamoasining «Barselona»ga qarshi o‘yinida ishlagan germaniyalik hakam Deniz Aytekinning ishi bo‘yicha shikoyatlar keltirilgan norozilik protestini qabul qilib olgan. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

«PSJ» tomonidan tuzilgan hujjatda klubdagilar ikki o‘yindan iborat qarama-qarshilik natijasiga ta'sir ko‘rsatgan deb hisoblagan 7ta epizod keltirilgan. Xabarda ta'kidlanishicha, parijliklar klubi vakillari bu protestni tuzishda xalqaro hakamlar bilan maslahatlashgan.

Ispan grandi Parijda kechgan birinchi bahsda to‘rtta gol o‘tkazib yuborgandi, Kataloniyada bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida esa mezbonlar 6:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi.

Fransiyaliklar UYeFAga quyidagi vaziyatlar borasida e'tiroz bildirishgan.

1. Xaver Maskerano jarima maydoni ichkarisida to‘pni qo‘li bilan o‘ynagani uchun hakam raqib darvozasiga penalti belgilamagan. Bu vaziyat birinchi bo‘lim vaqtida, Yulian Draksler uni aldab o‘tib, pas bermoqchi bo‘lganida ro‘y bergan.

2. Pike o‘yinning 41-daqiqasida Edinson Kavaniga qarshi qo‘pollik uchun ikkinchi sariq kartochkani olishi kerak edi.

3. Neymarga nisbatan qo‘pollik uchun belgilangan penalti. «PSJ»dagilarning fikricha, braziliyalik hujumchi yerda yotgan Menega ataylab qoqilib yiqilgan.

4. Neymarga qizil kartochka ko‘rsatilishi kerak edi. O‘yinda hisob 3:1 bo‘lib turgan vaqtda Neymar Markinosning oyoqlariga zarba bergan. «PSJ»dagilar bu harakat qizil kartochkaga loyiq edi deb hisoblashmoqda.

5. «PSJ»dagilarning qayd etishicha, «Barselona» hujumchisi Luis Suares Veratti bilan to‘p uchun kurashda simulyatsiya ishlatdi va raqib jarima maydonchasi ichida yiqilib oldi. O‘sha vaziyatda hakam Suaresga sariq kartochka ko‘rsatish bilan kifoyalangan.

6. O‘yinda hisob 3:1 bo‘lib turgan vaqtda Pike to‘pni qo‘li bilan o‘ynagan.78-daqiqada Anxel Di Mariya uzatgan to‘p Pikening qo‘liga tekkan, ammo hakam bu vaziyatda o‘yin qoidasi buzilganini qayd etmagan.

7. Xaver Maskerano o‘z jarima maydonchasi ichida Anxel Di Mariyaga nisbatan qo‘pollik ishlatgan. Buning uchun unga qizil kartochka ko‘rsatilib, darvozaga penalti belgilanishi kerak bo‘lgan. Hakam bu vaziyatni e'tiborsiz qoldirdi, o‘yindan so‘ng Maskerano hamyurtiga nisbatan qoida buzganini tan oldi.

8. O‘yinda hisob 4:1 bo‘lib turgan vaqtda mehmonlar darvozasiga penalti belgilash xato qaror edi. Parijliklarning fikricha, bu urugvaylik futbolchining navbatdagi simulyatsiyasi edi. Undan oldinroq urugvaylik futbolchi sariq kartochka olgan va unga Markinos bilan bog‘liq vaziyat uchun qizil kartochka ko‘rsatilishi kerak edi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid