Jahon | 00:29 / 15.03.2017
5182
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Janubiy Koreyada dronlar rotasini joylashtirmoqchi

AQSh armiyasi Janubiy Koreyada doimiy asosda jangovar uchuvchisiz parvoz qurilmalari va ularga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni joylashtirmoqchi, deb ma'lum qildi AQSh mudofaa vazirligi.   

AQSh mudofaa vazirligi vakilining aytishicha, Gray Eagle dronlar rotasi 2018 yil boshigacha joylashtiriladi va Janubiy Koreya uchun "misli ko‘rilmagan hodisa" hisoblanmaydi.  

Ma'lum qilinishicha, odatda dronlar rotasi 12 ta dron va 128 nafar xodimdan iborat bo‘ladi, biroq Janubiy Koreyada bor-yo‘g‘i 3 ta dron joylashtirish rejalashtirilgan.   

Amerikalik harbiylarning ta'kidlashicha, dronlar razvedka va kuzatuv imkoniyatini kuchaytiradi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid