Andijon viloyati hokimi Bo‘z tumani “Xalq qabulxonasi”da sayyor qabul o‘tkazdi
Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Bo‘z tumanida bo‘lib, fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.
Aholi vakillari bilan muloqotlar tuman markazidagi “Xalq qabulxonasi”da tashkil etildi. Mazkur sayyor qabulda tumandagi 15 dan ziyod fuqarolar o‘zlarining murojaat va takliflari bilan ishtirok etdilar.
- Men, Sarimsoqova Manzuraxon tadbirkorman.Tikuvchilik sexini yurgizaman. Trikotaj mahsulotlari, to‘n, ko‘rpa va yostiq jildlari ishlab chiqaramiz. Faoliyatimiz uchun joy masalasida qiyinchilik bor edi. Viloyat hokimiga mavjud muammoni aytganimdan so‘ng muammo shu joyning o‘zidayoq hal bo‘ldi. Bizga Oxunboboyev ko‘chasidan binodan joy ajratishdi. Ayni paytda, 20 nafar ishchimiz bo‘lib, bino qaramog‘imizga o‘tgach, tumandagi 50 nafar ayol va kollej bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash imkoniyati tug‘iladi. Murojaatim ijobiy yakun topganidan xursandman.
Pillakor mahallasida yashovchi Oltinoy Ehsonovaning farzandi Muzaffarni ishsiz ekanligi yuzasidan amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati joyida hal etilib, Muzaffar mutaxassisligi bo‘yicha tuman avtomobil yo‘llariga xizmat ko‘rsatish korxonasiga ishga qabul qilindi. Ko‘hinur mahallasida yashovchi Xurshid Mamajonovning zamonaviy sartaroshxona ochish uchun yer maydoni ajratish to‘g‘risidagi murojaati uch kun ichida hal etiladigan bo‘ldi. 26-ixtisoslashgan maktab-internati direktori Galina Tsoyning ta'lim muassasasida pedogog xodimlar yetishmasligi bois tumanda akademik litseyning filialini ochish haqidagi taklifi ko‘rib chiqildi. Fuqaro Hafiza Nuriddinovaning Sarbon mahallasidagi ichimlik suvi ta'minotidagi muammo yuzasidan qilgan murojaati amalga oshirilishi bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berilib, amaliy ishlar boshlandi .
- Viloyatimiz hokimining huzuriga Gulshan mahallasida bolalar bog‘chasi tashkil etish bo‘yicha murojaat bilan keldim,-deydi 89 yoshli otaxon Yo‘ldoshboy ota Rahimov. –Ming shukr, mahallamizda kichik yoshdagi bolalar ko‘p, o‘zimni nabiralarim ham talaygina. Lekin, mahallamizda maktabgacha ta'lim muassasasi yo‘q. Men hokimimizga hududimizda bo‘sh turgan binoni moslashtirib, bog‘chaga aylantirish taklifini aytdim. U kishi tuman mutasaddilariga topshiriq berdi. Shu bugunning o‘zida tuman arxitektori va boshqa tegishli xodimlar borib o‘sha binoni o‘rganadigan bo‘lishdi.
Qabul jarayonida ko‘tarilgan qariyb 11 dan ortiq masalalar joyida hal etildi, ulardan tashqari, qolgan murojaat va takliflar bo‘yicha esa shu kunning o‘zidayoq aniq va amaliy ish tashkil qilingan bo‘lib, qisqa muddat ichida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024