Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi va Neymarning fikri bir joydan chiqmadi
«Barselona» «Liverpul»dan braziliyalik yarim himoyachi Felippe Koutinoni transfer qilish g‘oyasidan voz kechmayapti.
Diario Gol ma'lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar jamoasi hujumchisi Neymar o‘z vatandoshi bilan bir klubda to‘p surishni istamoqda va rahbariyatni Koutino uchun harakat qilib ko‘rishga ko‘ndirgan.
Qayd etilishicha, «Barselona» xo‘jayinlari «qizillar» safidagi xavbekning o‘yinlarini avvaldan kuzatib kelishgan va Neymarning taklifini ma'qullashgan.
Ammo, kataloniyaliklar klubi yetakchisi, joriy mavsum yakuniga qadar jamoada o‘ynovchi murabbiy vazifasini zimmasiga olgan Lionel Messi tarkibda Luis Suaresga raqobat qilishi mumkin bo‘lgan Koutinoning transferiga qarshi chiqqan.
Joriy mavsumda 24 yoshli Koutino barcha turnirlar doirasida 26 uchrashuv o‘tkazib, 7 gol urgan va 7 golga hammualliflik qilgan.
Transfermarkt.de portalida«Liverpul» bilan 2022 yilgacha amal qiladigan shartnomaga ega bu futbolchining transfer qiymati 40 million yevroga baholangan.
Messi Enrikeni ishdan chetlatdi va «Barselona»da asosiy qarorlarni qabul qila boshladi
Mavzuga oid
19:54 / 12.02.2025
Neymar yana «Santos»da: futbol nihoyat boylikni yengdi
22:32 / 31.01.2025
Braziliyaning «Santos» klubi Neymar qaytganini e’lon qildi
05:19 / 28.01.2025
Rasman: «Al Hilol» va Neymar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishdi
16:11 / 21.08.2023