Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xitoy amerikaliklarning THAAD tizimini zararsizlantira oladi
Xitoy xalq milliy armiyasining iste'fodagi generali Vang Xonguang South China Morning Post nashriga ma'lum qilishicha, Xitoy Janubiy Koreya hududida THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirishiga qarshilik qila olmagan bo‘lsada, bu tizimni zararsizlantirish salohiyatiga ega hisoblanadi.
General Janubiy Koreya prezidentining hokimiyatdan chetlatilishi bu tizimning joylashtirilishi to‘xtatilishi uchun sabab bo‘lishiga umid qilishi shart emasligini ta'kidlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikaliklarning Shimoliy Koreyaga qarshi shunday tizimi hududga olib kelinishidan oldinroq Xitoy tomoni tegishli choralarni ko‘rib qo‘ygan. U Xitoy bu tizimga qarshi o‘z tizimini tayyorlab qo‘yganini bildirib o‘tgan.
Harbiy ekspertlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday tizimni o‘rnatish uchun eng mos joy Shandun yarim oroli hisoblanadi.
Xitoyliklar Amerika Janubiy Koreyada RQM tizimi o‘rnatish bilan cheklanmasdan Yaponiya, Singapur, Filippin va Tayvan bo‘ylab shunday tizimlar tarmog‘i o‘rnatishi mumkinligini aytishmoqda.
Mavzuga oid
12:02 / 11.03.2025
Bosh vazir matbuot kotibi O‘zbekistonda «xitoyliklar ko‘payib ketayotgani» haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
16:24 / 07.03.2025
“Vahimaga tushmang” - Kadastr agentligi yerlar xitoyliklarga sotilayotgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi
18:59 / 15.02.2025
Toshkentda xitoyliklar miting o‘tkazgani rad etildi
14:25 / 22.09.2023