Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya maktablarida uyali aloqa signali bloklanadi
Rossiyada maktab o‘quvchilarining mobil gadjyetlarga haddan ziyod qiziqishi muammosini hal qilish va ularning olayotgan baholari obektivligini oshirish uchun qonunchilar o‘quv muassasalarida radiosignal blokiratorlarini o‘rnatishni ma'qullashdi. O‘qituvchilarning ta'kidlashicha, gadjyetlar dars vaqtida o‘quv jarayoniga halaqit beradi. "Vedomosti"da shu mavzuda so‘z yuritildi.
Bugunga qadar blokatorlarni qo‘llash yoki qo‘llamaslik haqidagi qaror bevosita mahalliy hukumatlar tomonidan qabul qilinayotgan edi. Endi esa bu talab federal bosqichga olib chiqilgan. O‘quv muassasalarida qanday uskuna o‘rnatiladi, uni qaysi tamoyillarga ko‘ra tanlashadi va xarid qilishadi, hozircha noma'lum.
G‘oyani amalga oshirishga bir muammo to‘siq bo‘lishi mumkin: blokiratorlarning ta'sir doirasi o‘quv muassasi hududi bilangina chegaralanmaydi, demak, okrugdagi barcha mobil aloqa signallari bloklanadi. Qurilmaning narxi qimmatligi inobatga olinsa, uni qo‘llashdan voz kechilishi ham mumkin. Amalda bu yaqin atrofda yashovchi aholiga jiddiy tashvish tug‘diradi, masalan ular zarur vaqtda shifoxonaga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmasliklari mumkin. Amaldorlar bu borada qanday qaror qabul qilishlari hozircha noma'lum.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
18:13 / 20.05.2025
Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025