Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya fuqarosi avtomobil raqami uchun mamlakat tarixida rekord pul to‘ladi
Shveytsariyada avtomobil davlat raqami rekord summaga xarid qilindi. Xabarlarga ko‘ra, Vale kantonida o‘tkazilgan kim oshdi savdosida fuqaro 158 ming dollar (160 ming frank) evaziga o‘zi xohlagan raqamni sotib oldi, deb yozmoqda Local portali.

Kanton hokimiyati ma'lumotlariga ko‘ra, bu summa "barcha taxminlardan oshib tushgan", chunki ushbu mablag‘ Shveytsariya tarixida transport vositasi davlat raqami uchun to‘langan eng yirik to‘lovdir.
Kim oshdi savdosi tashkilotchilari avtomobil davlat raqamlarini bir oy muqaddam 15 fevralda savdoga qo‘ygan edi. VS 1 raqami 17 kishining e'tiborini tortgan, bu kurashda Matrans laqabli mijoz yutib chiqqan. U Shveytsariyaning avvalgi rekordidan o‘zgan. Avvalroq, noma'lum xaridor SG 1 raqami uchun 133 ming dollar (135 ming frank) to‘lagan.
Mavzuga oid
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
01:40 / 15.05.2025
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
21:20 / 09.05.2025
Shveytsariyada qo‘shnisining mushugiga ovqat bergan ayol sud qilinmoqda
23:08 / 24.04.2025