Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yilda 1200 ta tez tibbiy yordam avtomobili xarid qilinadi
Joriy yilning 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni imzolandi.
Hujjatga ko‘ra, endilikda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Tez tibbiy yordam stansiyalariga avtotransport xizmatini ko‘rsatish “Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining ixtisoslashtirilgan avtotransport korxonasi” davlat korxonasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa avtotransport vositalarining har doim soz holatda bo‘lishini va kerakli manzilga o‘z vaqtida yetib borishini ta'minlashga xizmat qiladi. Bu haqda Kun.uz’ga Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Ayni vaqtda kechiktirib bo‘lmaydigan vaziyatlarda ko‘plab insonlarning hayotini saqlab qolish maqsadida shoshilinch tibbiy yordam xizmati muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tizimning transport parkini boyitish uchun davlat byudjyeti va boshqa mablag‘lar hisobidan 1200 ta tez tibbiy yordam avtomobili xarid qilinadigan bo‘ldi.
Mavzuga oid
09:57 / 06.05.2022
Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etildi
20:14 / 05.05.2022
Buloqboshi tumanida tug‘ruq jarayonidagi chaqaloq o‘limi bo‘yicha mas’ullar lavozimidan ozod etildi
19:30 / 05.05.2022
O‘zbekistonda tez yordam chaqiruvlari rivojlangan davlatlardagidan 6-7 baravar ko‘pligi aytildi
19:22 / 05.05.2022