Sport | 12:58 / 16.03.2017
12670
2 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola «Monako» bilan o‘yindagi mag‘lubiyatga o‘zgacha izoh berdi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiola «Monako»dan uchralgan mag‘lubiyat haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Qarama-qarshilikning umumiy natijasi – 6:6, hamda monegaskilar safarda ko‘proq to‘p kiritib, keyingi bosqichga chiqishdi.

«Biz ikkinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, zo‘r futbol ko‘rsatdik, biroq buni birinchi bo‘limda amalga oshirishimiz kerak edi. Tajovuzkor himoyalanishni istadik. „Siti“ ikkinchi bo‘limda „Monako“ni tor-mor keltirdi, ammo bu yetarli bo‘lmadi. Biz odatda sifatli futbol namoyish etamiz, biroq bugun bunday bo‘lmadi. Xulosa chiqaramiz. Bizning jamoada tajriba u qadar katta emas. Ikkinchi bo‘limda vaziyatlarni yuzaga keltirdik, ammo ulardan foydalana olmadik, shuning uchun ham musobaqani tark etmoqdamiz. Bu darajada „standartlar“ o‘ta muhim. „Barselona“ va „Real“ o‘tgan hafta ulardan unumli foydalandi. „Siti“ – yo‘q. Buning ustiga jamoamiz birinchi 45 daqiqalikda kuchsiz bo‘lib ko‘rindi. Biz yanada ko‘proq ishlaymiz, ammo Chempionlar ligasi – juda talabchan turnir. Ba'zida kutilmagan narsalarni ko‘rsatish va omadli bo‘lish kerak. Afsuski, bugun bunday bo‘lmadi», - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi BT Sport nashri.

Mavzuga oid