Fan-texnika | 21:53 / 16.03.2017
9586
2 daqiqa o‘qiladi

Inha talabalari yo‘lovchilarni manzilga oson yetkazuvchi yangi loyihani ishga tushirdi

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Great Gate kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi loyihani ishga tushirdi. Unga ko‘ra, avtomobillarda birgalikda yo‘lga chiqish dasturi ishlab chiqildi. 

Endilikda, smartfoningizga POPUTI.UZ ilovasini yuklab olib, naqdingiz va vaqtingizni tejagan holda O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanishingiz mumkin.

PoPuti.uz loyihasi raydshering xizmati sanaladi. Raydshering - yo‘lda birga ketuvchi hamrohni onlayn qidiruv xizmatlari yordamida izlab, shaxsiy avtomobildan birgalikda foydalanishdir. 

Bu holatda avtomobil egasi va yo‘lovchi yoqilg‘i xarajatlarini teng bo‘lishib oladi.

Inha talabalari Innovatsiya va sanoat hamkorligi markazida bir necha oylar davomida veb-sayt hamda Android va iOS platformalari uchun ilovalar ishlab chiqishdi. 

Xizmat orqali odamlar o‘zlariga osongina hamroh topishi mumkin. Maxsus chatda esa mashina egasi va yo‘lovchilar aniq vaqt va boshqa masalalarni kelishib oladi.

Mavzuga oid