Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rasman: Yakshanba kuni bir qancha muassasalar xodimlari ishga chiqadi
2017 yil 16 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «2017 yil 18 mart shanba dam olish kunini 2017 yil 20 mart dushanba kuniga ko‘chirish to‘g‘risida»gi qarorga imzo chekdi.
Unga ko‘ra, aholiga ketma-ket 3 kun davomida dam olish uchun sharoit yaratib berilgan.
Ammo 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan muassasalar xodimlari yakshanba kuni ishga chiqadi. Bu ma'lumot «Kun.uz» so‘roviga javob qaytargan turli manbalar tomonidan tasdiqlandi.
O‘zbekiston bosh vazirining tegishli farmoyishiga ko‘ra, Moliya vazirligi sohasidagi tashkilotlar, banklar, jumladan Markaziy bank va barcha tijorat banklari xodimlari, shuningdek, soliq idoralari xodimlari uchun 19 va 26 mart kunlari ish kuni deb e'lon qilingan.
«2017 yil mart oyi ko‘rsatkichlari bajarilishini ta'minlash, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida bank tizimi, moliya hamda soliq idoralarining ayrim xodimlarini 2017 yil 18, 25 mart shanba hamda 19, 26 mart yakshanba kunlari qonunchilikda belgilangan tartibda ishga jalb qilishga ruxsat etilsin», deyilgan O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov farmoyishida.
Ma'lumot uchun, Mehnat kodeksining 157-moddasida ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlaridagi ishlar uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi belgilangan.
Mehnat vazirligi Navro‘z bayrami arafasida 3 kun dam olish ilojsizligini ma'lum qildi
Mavzuga oid
17:27 / 16.05.2025
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi
20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi
12:24 / 24.04.2025