Fan-texnika | 09:24 / 17.03.2017
20486
2 daqiqa o‘qiladi

Artel televizorlari Yevropada tan olindi

2017 yil maishiy texnika ishlab chiqaruvchi Artel kompaniyasi uchun muvaffaqiyatli natijalar bilan boshlandi.

2017 yilning 20 yanvar kuni Artel kompaniyasi Yevropadagi mahsulotlarni sertifikatlash bo‘yicha eng yaxshi kompaniyalardan biri TUV NORD’ning CE Certificate of Conformity sertifikatini ko‘lga kiritdi. Artel kompaniyasi tomonidan bu maqsadga erishish uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha juda katta ish amalga oshirildi. Ushbu sertifikat mahsulotlarning Yevropa ittifoqi ko‘rsatmalari, shuningdek sifat va xavfsizlik bo‘yicha EN 60065:2015 va EN 55032:2015 Yevropa standartlari talablariga mosligini tasdiqlaydi.

Buning uchun Artel televizorlari Yevropa elektr qurilmalarni sinovdan o‘tkazish markazi tajriba laboratoriyasiga, mahsulotning Yevropa standartlariga mos kelishini tasdiqlovchi bir qancha sinovlardan o‘tkazish uchun yuborildi. Tajribalar muvaffaqiyatli o‘tkazilgach, Artel televizorlarining Yagona Yevropa standartlari bo‘yicha xavfsizlik va sifatga mos kelishini tasdiqlovchi sertifikat berildi.

Bundan tashqari, EAC bojxona ittifoqining muvofiqlik sertifikati ham olindi, u Artel mahsuloti sifatining yuqori darajasi, shuningdek davlat standartlarining barcha talab tavsifi va normalariga mos kelishini tasdiqlaydi.

Artel kompaniyasi maishiy texnika ishlab chiqarishni Yevropa darajasiga olib chiqib, mamlakatning xalqaro arenadagi imidjining yuksalishiga katta hissa qo‘shmoqda. Shuni mamnuniyat bilan ta'kidlash joizki, biz O‘zbekistonda sifatli va ishonchli hamda Yevropadagi nusxalardan sifat va xavfsizlik bo‘yicha ortda qolmaydigan mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniga egamiz. Albatta, bu Artel kompaniyasi uchun mahalliy maishiy texnika ishlab chiqaruvchisi sifatida juda katta yutuq. Bundan tashqari, Yevropa sifatiga mos keluvchi tovarlarni ishlab chiqarish boshqa mamlakatlarga eksport uchun yaxshi imkoniyatlarni ochadi hamda bu mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Reklama huquqi asosida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid