Sport | 10:46 / 17.03.2017
6402
1 daqiqa o‘qiladi

Chusovitina sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi finaliga chiqdi

Olimpiya o‘yinlarining 7 karra ishtirokchisi, sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Oksana Chusovitina Bokuda o‘tkazilayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogida tayanib sakrash bo‘yicha musobaqalari finalida ishtirok etadi.

U saralash bosqichida guruhdagi eng yaxshi natijani qayd etgan (14.383 ball), ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni avstraliyalik Emili Littl (14,033) va ozarboyjonlik Marina Nekrasova (13,733) egallagan.

Finalga boshqa saralash guruhlaridan  Teja Belyak va Tyasha Kiseleff (ikkisi ham slovakiyalik), Argiro Afrati (Gretsiya), Gaya Giladi (Isroil) hamda Rozanna Oyala (Finlyandiya) chiqqan.

Ozarboyjon poytaxtida 16-19 mart kunlarida FIG seriyasiga kiruvchi Jahon kubogi o‘tkazilmoqda. Unda 23 mamlakat vakillari ishtirok etmoqda.

Mavzuga oid