Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng yirik neft va gaz korporatsiyalaridan biri Peterburgga ko‘chib o‘tadi
"Gazprom" yaqin orada Sankt-Peterburgga ko‘chib o‘tadi, deb xabar berdi kompaniya rahbari Aleksey Miller shaharning Neva tumanidagi ikki muz arenasiga ega sport majmuasi ochilishida.
"Gazprom" ma'muriyatining uchdan ikki qismi Peterburgda ishlamoqda", - dedi u.
Miller shuningdek gaz konsernining shahardagi rejalarini ancha katta degan.
Avvalroq gubernator Georgiy Poltavchenko Sankt-Peterburg hamda "Gazprom" Arktika shelfini o‘zlashtirish bo‘yicha klasterni shakllantirish ustida birgalikda ishlayotganini xabar qilgandi. Bundan tashqari, "Gazprom" rahbari o‘rinbosari Aleksandr Medvedev shaharda o‘ziga xos gaz markazi paydo bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgan.
Peterburgda “Laxta sentr” majmuasi qurilmoqda, uning qoq markazida "Gazprom neft" va uning bo‘linmalari qarorgohlari joylashadi. Maydonning yarmidan ko‘pi ilmiy-ta'lim majmuasi, bolalar ilm-fani markazi, planetariy, ko‘rgazma zallari, tibbiyot markazi, kongresslar va anjumanlar zali, kinoteatr, sport markazi va boshqalarga ajratiladi. Qurilish ishlari 2018 yilda yakunlanishi kerak.
Mavzuga oid
15:09 / 09.04.2025
Qoraqalpog‘istondagi “Shoxpaxta” gaz koni bo‘yicha “Gazprom” bilan bitim yakuniga yetdi
15:08 / 24.03.2025
Rossiyaning madaniy poytaxti – Sankt-Peterburg bo‘ylab fotosayohat
11:10 / 18.03.2025
Guliston IIB TB talabi bilan Sankt-Peterburgda hibsga olingan o‘zbekistonlik ayolni Rossiya prokuraturasi qo‘yib yubordi
10:33 / 14.03.2025