Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahar adliya boshqarmasi giyohvandlik muammosiga bag‘ishlangan seminar o‘tkazdi
Bugungi kunda giyohvandlik - xalqaro miqyosdagi muammo bo‘lib, ushbu muammoni hal etishing yagona yo‘li, axoli, ayniksa yoshlar o‘rtasida ta'lim-tarbiyani yanada kuchaytirishdan iboratdir.
Giyohvandlikning salbiy ta'sirini yoshlarga tushuntirish yuzasidan joriy yilning 16 mart kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutida seminar o‘tkazildi.
Seminarda Toshkent shahar prokuraturasi, Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, Advokatlar palatasi Toshkent shahar xududiy boshqarmasi, mas'ul xodimlari o‘z ma'ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad aholi, ayniqsa yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlarining oliy kadriyat ekanligi belgilangan ekan, uni to‘g‘ri anglash, giyohvandlikning salbiy oqibatlari, u bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tushuntirish berish, bunday jirkanch salbiy illatlarga barham berishdan iborat.
Seminarda giyohvandlikning oldini olish, uning salbiy oqibatlarini aholi va ayniqsa yoshlar o‘rtasida mahalla, ta'lim muassasalarida keng qamrovli targ‘ib qilish, nazorat rejalar ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib olindi.
Bu muammoning oldini olish, bartaraf etish esa, nafaqat huquq-tartibot va boshka idoralarning, balki butun jamiyatimiz har bir a'zosining birdek vazifasi hisoblanadi.
Mavzuga oid
08:24 / 18.04.2025
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
10:38 / 11.04.2025
DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi
11:50 / 25.03.2025
Hududlarda salkam 100 kg giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi
14:36 / 16.03.2025