BMT Xavfsizlik kengashi Afg‘onistondagi missiyasini bir yilga uzaytirdi
BMT Xavfsizlik kengashi BMTning Afg‘onistonga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha missiyasini (MOONSA) yana bir yilga – 2018 yil 17 martgacha uzaytirdi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
BMTda ta'kidlanishicha, Afg‘onistonda xalqaro kuchlarning mavjudligi "Afg‘onistonga xavfsizlik, davlat boshqaruvi va rivojlanish sohalarida o‘z zimmasiga to‘liq hajmda yetakchi rol va javobgarlikni olishiga ko‘mak beradi".
BMT Xavfsizlik kengashi a'zolari MOONSA va BMT bosh kotibining Afg‘onistondagi maxsus vakili Tadamichi Yamamotoga afg‘on hukumatiga "rivojlanish va davlat boshqaruvi sohalaridagi ustuvor vazifalarda" ko‘mak ko‘rsatishga alohida e'tibor qaratishni topshirdi.
Bundan tashqari, missiyaga Afg‘onistonda bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarini tashkillashtirishda yordam berish, gumanitar operatsiyalarni boshqarish va afg‘on hukumati va nohukumat tashkilotlari bilan inson huquqlari sohasidagi vaziyatni kuzatishda hamkorlik qilish vazifasi yuklatildi.
Mavzuga oid
13:30 / 20.11.2024
O‘zbekiston va AQSh afg‘on masalasi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024