Jahon | 17:17 / 18.03.2017
10606
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: "O‘lim jazosi haqidagi qonunni hech ikkilanishsiz ma'qullayman"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an konstitutsiyaga tuzatishlar kiritish bo‘yicha referendum o‘tganidan so‘ng mamlakat parlamentidan o‘lim jazosi tiklanishini kutmoqda. Bu haqda Agence France-Presse xabar berdi.

"Azob-uqubat tortganlar oilasi, bizning qahramonlarimiz oilasi xavotir olmasa ham bo‘ladi. Ishonamanki, parlament sizning o‘lim jazosi borasidagi talablaringiz uchun kerakli barcha xatti-harakatni 16 apreldan so‘ng amalga oshiradi", - deya Erdo‘g‘anning so‘zlarini keltiradi agentlik. Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, u qonunni “hech ikkilanishsiz” ma'qullaydi.

Turkiya jamoatchiligining bir qismi o‘lim jazosini o‘tgan yilning 16 iyul kungi harbiy to‘ntarishga urinishdan so‘ng qaytarishni talab qila boshladi.

Mavzuga oid