Fan-texnika | 18:00 / 18.03.2017
20494
1 daqiqa o‘qiladi

Uzmobile abonentlari barcha davlat organlari saytlariga bepul ulanadi

Bugun, 2017 yilning 18 mart kuni Uzmobile milliy operatori tomonidan OAV vakillari uchun brifing tashkil etildi.

Brifingda qayd etilishicha, endilikda Uzmobile abonentlari uchun internet tarmog‘ida O‘zbekiston Prezidentining Virtual qabulxonasi (pm.gov.uz), Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali (gov.uz), shuningdek barcha davlat organlari saytlariga bepul ulanish imkoni taqdim etiladi.

Mazkur tashabbus Uzmobile milliy operatori, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda “Elektron hukumati” tizimini rivojlantirish markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, 2017 yilda aholi turmush tarzini qulay bo‘lishiga xizmat qiladigan 50 dan ziyod muhim xizmatlar interaktiv shaklga o‘tkaziladi.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid