Britaniyalik ayol 4 500 yillik ko‘zani Turkiyaga qaytardi
Bronza asriga tegishli bo‘lgan 4500 yillik ko‘za Turkiyaga qaytarildi. Bu haqida Turkiyaning Londondagi elchixonasi xabariga tayanib, Daily Sabah nashri xabar berdi.
Elchixonada ta'kidlanishicha, 26.5 santimetrlik ko‘za yortan madaniyati chizgilariga ega va u erta bronza asriga tegishli.
Manbaga ko‘ra, ko‘za 1960-yillarda qadimiy Efes shahrini ziyorat qilgan britaniyalik fuqaro Telma Bishop tomonidan suvenir sifatida xarid qilingan va Britaniyaga qaytarilgan.
Bishop mutaxassislar orqali ko‘zaning madaniy meros ekanini bilgach, uni Turkiyaga qaytarishga qaror qilgan.
"Adam Partridge Auctioneers and Valuers" savdo uyi mutaxassisi Jyeyson Vud ko‘zaning haqiqiyligini tasdiqlab, Bishopga uni Turkiyaga qaytarishni maslahat bergan va turk elchixonasi bilan bog‘langan.
Elchixona madaniy yodgorlikning qaytarilishi munosabati bilan Bishop va Vudga minnatdorchilik ramzi sifatida Turkiyaning turli muzeylarida qo‘llanishi mumkin bo‘lgan muzey xaritasini taqdim etgan.
Manbaga ko‘ra, ko‘za Anqaradagi Anatoliya sivilizatsiyasi muzeyiga yetkaziladi.
Turkiyada madaniy yodgorliklarni eksport qilish yoki sotish qonun tomonidan taqiqlangan.
Mavzuga oid
15:32 / 26.11.2024
Pekinda qiyin vaziyatga tushib qolgan 40 nafarga yaqin fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
12:52 / 26.11.2024
London RFning «soyadagi floti»ga qarshi eng katta choralar paketini kiritdi
19:16 / 23.11.2024
Dunyodagi eng baland va eng past bo‘yli ayollar Londonda uchrashdi
12:04 / 21.11.2024