Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroparlamentning sobiq rahbari Germaniya kansleri lavozimiga nomzod bo‘ldi
Yevroparlamentning sobiq rahbari Martin Shults Germaniya sotsial-demokratik partiyasining navbatdan tashqari qurultoyida partiya raisi va Germaniya kansleri lavozimiga nomzod bo‘ldi. Unga 100 foiz ovoz berildi. Germaniyada parlament saylovlari 24 sentabrda bo‘lib o‘tadi.
Shultsga 608 delegatdan 605 nafari ovoz bergan. Uchta byulleten bekor qilingan.
Shults partiya yetakchisi, Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabrielning o‘rniga keldi.
Shults 1955 yilda tug‘ilgan. Siyosatchi oliy ma'lumotga ega emas, o‘zlashtirmaslik uchun gimnaziyadan chetlatilgan. Shults maktabda futbolchi bo‘lishni orzu qilgan, biroq futbolchilik faoliyatida muvaffaqiyatga erisha olmagan. Shundan keyin 1977 yildan 1982 yilgacha nashriyotlar va do‘konlarda kitob sotuvchisi bo‘lib ishlagan. U keyinroq o‘zining shaxsiy do‘konini ochgan.
Shults partiyaga 1974 yilda kirgan, 1987 yildan 1998 yilgacha Vyurzelen shahri burgomistri bo‘lgan. 1999 yildan partiya prezidiumi a'zosi. 1994 yildan Shults Yevroparlament a'zosi hisoblanadi va ikki marotaba uning raisi bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:55 / 13.03.2025
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi
11:45 / 21.12.2024
Yevroparlamentda O‘zbekistonga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi
15:51 / 29.11.2024
Yevroparlament Gurjistonda yangi saylovlar o‘tkazishga chaqirdi
13:28 / 21.11.2024