"Jahon o‘qituvchisi mukofoti" nomi fazodan e'lon qilindi
Kvebekdagi chekka qishloqda ta'lim beruvchi kanadalik o‘qituvchi Meggi MakDonell 1 million dollar miqdoridagi "Jahon o‘qituvchisi mukofoti"ni qo‘lga kiritdi. Bu haqida Associated Press xabar berdi.
Mukofotlash marosimi Dubayda bo‘lib o‘tdi.
Tanlov finaliga Makdonelldan tashqari Pokiston, Buyuk Britaniya, Yamayka, Ispaniya, Germaniya, Xitoy, Keniya, Avstraliya va Braziliyadan yana 10 o‘qituvchi chiqishga muvaffaq bo‘ldi. G‘olib nomini Yer bilan videoaloqa orqali bog‘langan fransuz fazogiri Tomas Paske e'lon qildi. Bosh mukofot shayx Muhammad bin Rashid Al-Maktum tomonidan topshirildi.
Makdonell olti yil davomida faqat havo orqali yetish mumkin bo‘lgan uzoq Arktika qishlog‘i Saluitda ta'lim bergan. Qishloqda izolyatsiya va ayovsiz iqlim tufayli giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar iste'moli yuqori. Saluitda 2016 yilda olti kishi o‘z joniga qasd qilgan.
Makdonell o‘z faoliyati davomida bir necha ta'lim dasturlarini ishlab chiqqan va yoshlar uchun sport zali ochgan.
Mavzuga oid
13:42 / 23.11.2024
Dubayda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
22:09 / 21.11.2024
Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
19:56 / 11.11.2024
Aleksey Navalniyning bevasi Magnitskiy nomidagi mukofot laureati bo‘ldi
22:16 / 08.11.2024