Andijonda milliy sport o‘yinlari tarannumi
Bayramlar, tantanalar va marosimlar... Hayotimizning naqshi va mazmunini o‘zida mujassam etgan bunday ayyomlar qanchadan-qancha! Har birining o‘rni, o‘ziga xos mazmuni, ahamiyati bor. Barchasi kishilarimiz kayfiyati, ruhiyati va vaqtichog‘ligi ramzi. Qadim qadriyatlarimizdan bo‘lgan Navro‘z kunida yurtimiz kishilari sayilga chiqadilar, bir-birlarini shodiyona kun bilan qutlab, ezgu tilaklar bildiradilar.
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida bahoriy ayyomga o‘zgacha tayyorgarlik ko‘rildi. Ommaviy sayillar davomida go‘zal milliy urf-odatlarimiz tarannumiga guvoh bo‘ldik. Ayniqsa, asrlar davomida shakllangan milliy sport o‘yinlarimizning yosh yigit-qizlar tomonidan namoyish qilinishi e'tiborga molik. Ota-bobolar, momolarimiz o‘ynab kelgan “O‘rda to‘p”, “Echki”, “Kuchlilar bahsi”, “Oq terakmi, ko‘k terak” kabi oddiydek ko‘ringan o‘yinlar asnosida tamaddun falsafasi yotibdi, go‘yo.
Tumanning 8ta qishlog‘idagi 57 mahalla vakillari o‘tkazilgan sayilda zo‘r kayfiyat bilan ishtirok etishdi. Dorbozlarning chiqishlari, polvonlar bellashuvi, qishloqlarning mahoratli, yosh futbolchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan musobaqalarga tomoshabinlar qiziqishi katta bo‘ldi. Futbol musobaqasida birinchi o‘rinni egallagan jamoa tuman hokimi Baxtimurod Karimov tomonidan qora qo‘chqorga ega chiqqan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinni egallagan jamoaga esa televizor bilan taqdirlandi.
“Oltin sohil” dam olish maskanida tuman san'atkorlari “Navro‘z yallasi” nomli sahnalashtirilgan dasturini namoyish qilishdi. Respublikamizning taniqli estrada xonandalari tomonidan ijro qilingan qo‘shiq, yallalar davraga fayz kiritdi.
Tumanning qishloq mahallalarida bayram tadbirlari davom etmoqda.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon.
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024