Federer faoliyatidagi 90-sovrinini AQShda qo‘lga kiritdi
Shveytsariyalik Rojyer Federer Amerikada bo‘lib o‘tgan ATP musobaqasida vatandoshi Sten Vavrinkani mag‘lub etib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi. Indian-Uellsda tashkil etilgan turnir musobaqa jamg‘armasi 7 mln dollarni tashkil etdi.
Final uchrashuvi 6:4, 7:5 hisobida Federer foydasiga hal bo‘ldi.
Aytish joizki, bu 35 yoshli Federer uchun tennischilik faoliyatidagi 90-yutug‘idir. Shundan 18tasi Katta dubulg‘a musobaqalarida qo‘lga kiritilgan. Shveytsariyalik tennischi Indian-Uellsda beshinchi marta bosh sovrin sohibiga aylandi. Bundan tashqari, u ikki marta ushbu musobaqa finalida mag‘lub bo‘lgan.
31 yoshli Vavrinka esa faoliyatida ilk marta Indian-Uells finaliga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. U ATP turnirlarida atigi 15 marta g‘alaba qozongan, shundan uchtasi Katta dubulg‘a turkumi sovrinidir.