Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fergyuson «MYu»ni yana bosh murabbiy sifatida o‘yinga boshlab tushadi
«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq bosh murabbiyi ser Aleks Fergyuson mankunianliklar jamoasini klub faxriysi Maykl Kerrikka bag‘ishlanadigan uchrashuvda bosh murabbiy sifatida boshqaradi.
«Manchester Yunayted»ning 2008 yildagi tarkibi yulduzlar terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. «MYu» tarkibi Kerrikka 9 yil oldin jamoadosh bo‘lgan futbolchilardan iborat bo‘ladi. Yulduzlar termasi esa Frenk Lempard, Stiven Jyerrard, Maykl Ouen va boshqa faxriy futbolchilardan tarkib topadi hamda bu jamoani Harri Rednapp boshqaradi.
Uchrashuv shu yilning 4 iyun kunida «Old Trafford» stadionida o‘tkazilish belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted»ni 1986 yildan 2013 yilgacha boshqargan va 38 sovrin yutgan.
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
11:41 / 18.04.2025