Jahon | 19:48 / 20.03.2017
11055
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada o‘g‘ri "o‘z ixtirosi qurboniga aylandi"

Fransiya politsiyasi do‘konga o‘g‘rilikka tushgan paytda uning peshoynasida tiqilib qolgan o‘g‘rini ushladi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.

Fransiya milliy jandarmeriyasi o‘g‘rining peshoynada tiqilib qolgan suratini tvitterda chop etdi. "Mast holdagi kimsa do‘konga o‘g‘rilikka tushib, uni tark etmoqchi bo‘lganda oynada tiqilib qolgan va qo‘lga olingan", deyilgan #ThugLife ("jinoiy hayot" ) xeshtegi bilan berilgan postda.

Voqea 16 mart kuni Moleon-Lishar shahrida yuz bergan. Jinoyatchi do‘konga kirish uchun bolg‘a yordamida uning peshoynasida darcha ochib, u orqali do‘kon ichiga kirgan. "Uddaburon" o‘g‘ri shu yo‘l bilan do‘konni tark etmoqchi bo‘lganda, tanasining beligacha qisminigina darchadan chiqara olgan. O‘g‘rini darchadan chiqarib olish uchun uni aniqlagan politsiyachilar o‘t o‘chiruvchilarni yordamga chaqirtirishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid