Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sitsiliya bo‘g‘ozida uch mingdan ortiq muhojir qutqarib olindi
Yevropaga O‘rta yer dengizidagi Sitsiliya bo‘g‘ozi orqali bormoqchi bo‘lgan 3 mingdan ortiq noqonuniy muhojir yakshanba kuni qutqarib olindi, deb xabar bermoqda Live Sicilia mahalliy nashri.
Yordam Italiya sohilni qo‘riqlash xizmati, Yevropa Ittifoqining O‘rta yer dengizidagi EunavforMed harbiy-dengiz muhojirlik missiyasi, shuningdek qator nodavlat tashkilotlarga qarashli kemalar ishtirok etgan 22ta qutqaruv amaliyoti doirasida ko‘rsatilgan.
"Tong otishi bilan muhojirlarga to‘la bo‘lgan juda ko‘plab qayiqlar, barja (o‘ziyurar yassi yuk kemasi) va shishirilgan sollarni ko‘rish mumkin edi, yordam haqida juda ko‘p murojaatlar bo‘ldi", - deyiladi nashr xabarida.
Italiya IIV ma'lumotiga ko‘ra, o‘tgan yilda mamlakatga O‘rta yer dengizi orqali rekord miqdordagi muhojirlar kelgan – 181 ming kishidan ortiq. Xalqaro muhojirlik bo‘yicha tashkilot statistikasiga ko‘ra, yanvar-fevral oylarida Yevropaga Italiya orqali 10,7 ming inson kirib kelgan.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
15:50 / 19.05.2025
Italiya 400 ta foydalanishdan chiqarilgan zirhli transportyorini Ukrainaga beradi
19:56 / 13.05.2025