Jahon | 19:51 / 20.03.2017
25241
1 daqiqa o‘qiladi

Video: IShID olti nafar qo‘mondonining havodan turib yo‘q qilinishi

Internetda Amerika HHKning aviazarbasi kadrlari paydo bo‘ldi, uning oqibatida Iroqning Mo‘sul shahrida IShIDning olti nafar yuqori mansabli qo‘mondoni halok bo‘ldi. Bu haqda Rudaw agentligi Iroq mudofaa vazirligi bayonotiga asosan xabar berdi, video esa LiveLeak’da e'lon qilingan. Hujum 10 mart kuni ro‘y bergan, kadrlar esa 10 kun o‘tib oshkor etildi.

Iroq harbiy idorasi vakillari so‘zlariga ko‘ra, barcha o‘ldirilgan qo‘mondonlar – boshqa davlatlar fuqarolari. Xususan, rossiyalik, fransiyalik, turkiyalik va uch marokashlik o‘ldirilgan. Reuters ma'lumotiga ko‘ra, IShIDning norasmiy “poytaxtiga” hujum muvaffaqiyatli davom ettirilmoqda.

Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha amaliyot 2016 yilning 17 oktabr kuni boshlangan.

Mavzuga oid