«VKontakte» hamjamiyatlarga pul o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘ydi

«VKontakte» foydalanuvchilarga hamjamiyatlarga pul o‘tkazishga ruxsat berdi. O‘tkazmalarni guruhlar ma'murlari va muharrirlari qabul qilishi mumkin. Bu haqida ijtimoiy tarmoqning matbuot xizmatiga asoslanib, TJ nashri xabar berdi.
Hamjamiyatlarga pul o‘tkazish foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘tkazmalardan tubdan farq qilmaydi. Pullarni ilova shaklida shaxsiy xabarlarga qo‘shish mumkin. Agar mablag‘ besh kun davomida yo‘llangan foydalanuvchi tomonidan qabul qilinmasa, u egasiga qaytariladi.
"Biz «VKontakte» hamjamiyatlar bazasida kraudfanding uchun asos platformani ishga tushiryapmiz. Endilikda har qanday hamjamiyat o‘z ishtirokchilari yordamida u yoki bu jamoaviy loyihani moliyalashtirishi mumkin.
Shu tariqa, indi-musiqachilar albom yozish uchun zarur mablag‘ni yig‘ishlari mumkin bo‘ladi, "Moychechak" turar-joy kompleksi uyushmasi a'zolari esa - hovlidagi velosiped turargohiga".
Yuriy Ivanov, «VKontakte» elektron kommersiyasi direktori
Pul o‘tkazmalari hamjamiyatning ma'murlari yoki muharrirlari tomonidan qabul qilinishi mumkin, shuningdek ular o‘tkazmalar tarixidan ham xabardor bo‘lishadi. Aniqlik kiritilishicha, foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘tkazmalardagi kabi Mastercard va Maestro'dan pul yo‘llanganda komissiya to‘lovi olinmaydi, Visa kartalari uchun esa komissiya to‘lovi 1 foizni (kamida 40 rubl) tashkil qiladi.
«VKontakte»da foydalanuvchilar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari tizimi 2016 yilning dekabr oyida yo‘lga qo‘yilgan. O‘tkazmalarning minimal summasi - 100 rublni, maksimal summa esa 75 ming rublni tashkil qiladi.
Mavzuga oid

17:09 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi

20:56 / 24.03.2025
Kaspi.kz Uzcard va Humo kartalariga pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ydi

20:17 / 21.03.2025
Rossiya Markaziy banki chet elga pul o‘tkazmalari bo‘yicha cheklovlarni 6 oyga uzaytirdi

16:28 / 20.01.2025