Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada AQSh aviatashuvchisining yakson qilinishi haqida video olindi
Shimoliy Koreya OAV o‘ziga xos tashviqot roligini taqdim etdi. Unda KXDR Qurolli kuchlarining Amerika samolyotlari va aviatashuvchisini yakson qilishi tasvirlangan, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Kadr ortida ayol suxandon “pichoq aviatashuvchining tomog‘iga tiqilgani, bombardimonchi esa olov oqimi tufayli yerga qulashi” haqida xursand bo‘lib gapirib berdi.
Fotomontaj uchun material sifatida AQSh va Janubiy Koreyaning Foal Eagle nomli qo‘shma mashqlari haqiqiy tasviri ishlatildi. Mashqlar 2017 yilning martida boshlangan bo‘lib, hozirgi kunga qadar davom etmoqda.
Avvalroq shimoliy koreyaliklar yetakchisi Kim Chen In AQShni yadro bombasi orqali “kulga aylantirib qo‘yish” bilan tahdid qildi. Bu holat agarda amerikaliklar “Shimoliy Koreya tomonga hech bo‘lmasa bitta o‘qni uzishsa” ro‘y berar ekan.
Ma'lumot uchun, AQSh va KXDR o‘rtasidagi munosabatlar Pxenyan tomonidan qator raketa sinovlari o‘tkazilganidan so‘ng yanada keskinlashdi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025