Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venger Sanches va O‘zilni sotib yuborib, jamoani qaytadan qurmoqchi
«Arsenal» bosh murabbiyi sifatida qolishi oydinlashgan Arsen Venger yozgi transferlar vaqtida jamoa yetakchilari Mesut O‘zil hamda Aleksis Sanchesni sotib yubormoqchi. Bu haqda The Times xabar tarqatdi.
Ushbu futbolchilarning shartnomalari muddatlari 2018 yilning yoziga qadar tuzilgan bo‘lib, bu shartnomalar shu vaqtgacha uzaytirilmadi. OAVda ushbu futbolchilar haddan tashqari ko‘p maosh talab qilayotgani tufayli kelishuvga erishilmagani aytilgan.
Shuningdek, Arsen Venger va ushbu futbolchilar o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashgan.
Xabarda aytilishicha, Venger ushbu futbolchilarning transferi orqali tushgan mablag‘larni jamoani qaytadan qurish uchun yo‘naltirmoqchi.
Ayni vaqtda Sanchesga Angliyaning bir qator jamoalaridan, xususan «Chelsi» va «Manchester Siti» hamda xorij chempionatlaridan talab mavjud. Rahbariyat uni ichki chempionatdagi raqiblarga bermoqchi emas. Ko‘p ehtimol bilan u «PSJ»ga transfer qilinishi mumkin.
Mesut O‘zil esa «Real»ga qaytishi mumkin. Jamoa ushbu futbolchilarni 75 million funtga pullashi mumkin.
Mavzuga oid
12:41 / 13.08.2017
«Arsenal»O‘zil bilan shartnomani uzaytiradi, Sanches mavsum tugagach erkin agent sifatida ketadi
15:06 / 13.04.2017
APLda yil futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar aniq
10:51 / 02.04.2017
Venger murabbiylikdan ketishini o‘limga teng deb atadi
11:06 / 30.03.2017