Fan-texnika | 15:24 / 22.03.2017
8349
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Hyperloop Transportation tezyurar tizimining yo‘lovchi kabinasi

Kaliforniyada Hyperloop vakuumli poyezd tezyurar tizimining yo‘lovchi kabinasi qurilishi boshlandi. U 2018 yilning boshida Fransiyada namoyish etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, keyinchalik asta-sekin foydalanishga joriy etiladi. Bu haqda TJ Hyperloop Transportation Technologies (HTT) vakillariga asosan xabar bermoqda.

HTT g‘oyasiga ko‘ra, yo‘lovchi kapsulasi 28-40 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘ladi, uning og‘irligi esa 20 tonnani tashkil qiladi. Kabina uzunligi 30 metr, diametri – 2,7 metrga teng. Maksimal tezligi – soatiga 1223 kilometrgacha. Konstruktsiya ustida shuningdek Carbures S.A kompaniyasi ham ishladi, u fyuzelyajlarni loyihalashtirish va aeronavtika hamda aviafazoviy soha bilan shug‘ullanadi.

Hyperloop Transportation Technologies yo‘lovchi kabinasining ko‘rinishi tasvirlangan maxsus rolikni taqdim etdi.

HTT shuningdek ishlab chiqarish jarayonidan olingan bir necha fotosuratlarni ham namoyish qildi, ular yo‘lovchi kapsulasining qurilishi haqida tasavvur beradi.

“Bizning manfaatimiz markazida – yo‘lovchi, aynan shunday tarzda xavfsizlikni kafolatlash mumkin. Yanada rivojlanish uchun yuklarni olib o‘tish bo‘yicha odatiy talablardan chetlashish muhim edi”, - deydi NTT kompaniyasi rahbari Dirk Alborn.

Hyperloop transport vositasi konsepsiyasi muallifi SpaceX va Tesla rahbari Ilon Mask hisoblanadi. Keyinchalik tadbirkorning ishtirokisiz Hyperloop Transportation Technologies va Hyperloop One kompaniyalari tashkil topdi, aynan ular g‘oyani hayotda tatbiq etib ko‘rishga qaror qilishdi.

Hyperloop One 2016 yilning noyabrida BAAda tezyurar tizim konsepsiyasini taqdim etgandi.

Mavzuga oid