Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londondagi hujum britaniyalik tomonidan amalga oshirilgani ma'lum bo‘ldi
Londondagi terrorchi britaniyalik bo‘lib, u bir o‘zi harakat qilgan. Politsiya yangi tayyorlanayotgan teraktlar haqida hech qanday ma'lumotlarga ega emas. Bu haqida Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning so‘zlariga asoslanib, RIA "Novosti" xabar berdi.
"Terrorchi bir o‘zi harakat qilgan, politsiya yangi hujumlar haqida ma'lumotlarga ega emas... U (terrorchi) britaniyalik bo‘lgan", - dedi bosh vazir parlamentdagi chiqishida.
Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, bundan avval gumondor kontrrazvedka e'tiboriga tushgan, biroq hozirda u ishlar yuzasidan tergov yoki kuzatuvlar olib borilmagan.
"Terrorchi islom ekstremizmi motivlaridan kelib chiqib harakat qilgan", - deya qo‘shimcha qildi Mey.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:00 / 27.05.2025
Liverpulda mashina odamlarga qarata haydalgani terakt deb hisoblanmayapti
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025