O‘zbekiston | 17:27 / 23.03.2017
10948
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev va Nazarboyev Ostonadagi opera teatrida «Qiz Jibek»ni tomosha qilishdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga davlat tashrifi davom etmoqda. O‘zAning xabar berishicha, 23 mart kuni, kunning ikkinchi yarmida Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyev hamrohligida «Ostona opera» Davlat opera va balet teatriga tashrif buyurdi.

Qozog‘iston prezidenti tashabbusi bilan qurilgan ushbu teatr 2013 yilda foydalanishga topshirilgan. Tomosha zali 1250 kishiga mo‘ljallangan. Qozog‘istonning ko‘plab madaniy tadbirlari mazkur teatrda o‘tkaziladi.

«Oliy martabali mehmon teatr bilan tanishtirildi. Prezidentlar bu yerda «Qiz Jibek» operasini tomosha qildilar», — deyiladi xabarda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid