Jamiyat | 21:11 / 23.03.2017
9281
2 daqiqa o‘qiladi

Paxtaobod yoshlariga fuqarolik pasporti tantanali ravishda topshirildi

Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimligida o‘n olti yoshga to‘lgan bir guruh yigit-qizlarga O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasportini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.      

“Profilaktika kuni” doirasida o‘tkazilgan tadbirda tuman hokimi Hikmatillo Dadaxonov, viloyat IIB XChK va FRB boshlig‘i Muhammadolim Raximov, tuman IIB boshlig‘i Dilmurod Ixvoldinovlar so‘z olib,  yoshlarga  yurtimizda yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelajakda ona Vatan, xalq manfaati yo‘lida kamarbasta insonlar bo‘lib yetishishlarini tiladilar. 

Voyaga yetgan yoshlarning ota-onalari, o‘rta maxsus kasb hunar ta'limi, xalq ta'limi,  “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Mahalla”, “Nuroniy” jamg‘armalari tuman bo‘limlari vakillari ishtirokida 50 nafar o‘g‘il-qizga biometrik pasportlar topshirildi.

– Tengdoshlarim qatori men ham fuqarolik pasportiga ega bo‘lganimdan juda xursandman, -deydi 20 umumiy ta'lim maktabi, 9 sinf o‘quvchisi Mahfiratxon Abdruhimova.  - Chunki pasport shu muqaddas Vatanning fuqarosi ekanligimdan shahodat beruvchi, ona yurtimdagi mustaqil va erkin hayotimning kafolatidir.

Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon

Mavzuga oid