O‘zbekiston | 12:40 / 23.03.2017
10488
1 daqiqa o‘qiladi
Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni Toshkentga taklif qildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zaro uchrashuv chog‘ida Nursulton Nazarboyevni qulay vaqtda O‘zbekistonga borishga taklif qilgan. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bergan.
«Biz kelishuvga erishdik, ko‘proq uchrasha boshlaymiz. Sizni O‘zbekistonda kutib olishdan juda xursand bo‘laman», - deya ta'kidlab o‘tgan O‘zbekiston rahbari.
Uchrashuvda Mirziyoyev Qozog‘istonning xalqaro maydonda tutgan o‘rnini e'tirof etgan.
«Qozog‘istonning BMTga muvaqqat a'zoligining ikki yili davomida Afg‘oniston bo‘yicha choralar qabul qilinishiga ishonaman. Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlik Qozog‘iston va O‘zbekiston uchun juda muhim», degan davlat rahbari.
Mavzuga oid
11:22 / 02.05.2024
Prezident: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
21:36 / 01.05.2024
YeTTB O‘zbekistonda «yashil» shaharlarni rivojlantirish loyihalarida ishtirok etadi
09:04 / 30.04.2024
Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar milliy jamoasini tabrikladi
19:48 / 29.04.2024