O‘rta Osiyodagi shisha ishlab chiqaruvchi eng katta korxona Quvasoyda joylashgan
Quvasoy shahridagi “Kvarts” aksiyadorlik jamiyati qurilish va sanoat tarmoqlari, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan yengil avtomashinalar, avtobus va qishloq xo‘jaligi texnikalariga oyna hamda shisha mahsulotlari yetkazib berishga ixtisoslashgan. Ayni paytda ikki mingdan ziyod ishchi-xizmatchi mehnat qilayotgan korxonada 150 turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Ilgari korxona uchun zarur bo‘lgan asosiy xomashyo xorijiy davlatlardan keltirilar edi. Bu esa, tabiiyki, ma'lum muammolarni keltirib chiqarardi. Mamlakatimizda sanoat korxonalarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ayniqsa, Mahalliylashtirish dasturi ijrosi tufayli ushbu masala o‘z yechimini topdi. Endilikda kalsiylangan soda Qo‘ng‘irot soda zavodidan keltirilmoqda. Bu esa tayyorlanayotgan mahsulotlar tannarxini arzonlashtirish imkonini bermoqda.
Albatta, bunday qo‘shimcha qulayliklar ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash ishlarini kengaytirishga ham katta turtki berayapti. Shu bois sexlar Germaniya davlatidan keltirilgan zamonaviy qoliplash uskunalari bilan jihozlandi. Bu bilan texnologik jarayon to‘liq avtomatlashtirilishi barobarida, shisha idishlar tayyorlash quvvatini 110 million, bankalarni esa 269 million donaga yetkazishga erishdi.
Korxona O‘rta Osiyoda o‘zining hajmi kattaligi bilan yagona sanaladi. 2017-yilda Ispaniyadan texnologiya olib kelinib, yangi maxsulot, ya'ni oynaga suratlarni sifatli tarzda bosish yo‘lga qo‘yildi. Bugungi kunda maxsulotlar Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston, Latviya singari mamlakatlarga eksport qilinmoqda.
Ahror Ziyo, Farg‘ona
Mavzuga oid
14:15 / 12.07.2024
Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning yer solig‘i yarmiga kamaytiriladi
17:18 / 12.12.2023
Farg‘onadagi tibbiyot birlashmasida shifokor pichoqlandi
12:35 / 29.05.2023
Farg‘onada Milliy gvardiya va tez yordam mashinalari to‘qnashdi
12:28 / 13.02.2023