Fan-texnika | 16:33 / 24.03.2017
21979
3 daqiqa o‘qiladi

2017 yilning eng noyob 9 avtomobil kontsepti

Business Insider nashri 2017 yilda taqdim etilgan eng o‘ziga xos avtomobil kontseptlarini bir yerga jamladi. Quyida bu haqdagi ma'lumot taqdim etiladi.

Fiat Chrysler

CES 2017 ko‘rgazmasida Fiat Chrysler kompaniyasi millenialdagi elektromobil kontseptini taqdim etdi.

Mashina batareyaning bir quvvat olgan holatida 400 kilometrdan ko‘proq masofani bosib o‘tishi mumkin. Kontsept tez quvvatlantirish stansiyasida energiya zaxirasi 50 foizini 20 daqiqada tiklashi mumkin.

Avtomobil lidar, datchiklar va sensorlar bilan jihozlangan, ular harakatlanishning haydovchisiz rejimini qo‘llab-qo‘llatlaydi – biroq bu faqatgina yo‘l infratuzilmasi obektlarida ro‘y berishi mumkin.

Rinspeed Oasis

CES ko‘rgazmasida taqdim etilgan yana bir kontsept – salonida "bog‘" bo‘lgan Rinspeed Oasis.

Bog‘ avtomobil old oynasi tagida joylashgan. Muhandislar taxminicha, u mashinada toza havoni yuzaga keltiradi.

Oasis Harman katta displey va ovoz hamda imo-ishoralar bilan boshqarish mumkin bo‘lgan interfeys bilan jihozlangan. Muhandislar avtomobil raydshering uchun ishlatiladi degan fikrda: ular mashina bilan birga yo‘ldoshni tanlash uchun ilovani ham taqdim etishdi.

Honda NeuV

Honda NeuV – o‘zini-o‘zi boshqaruvchi elektromobil. Muhandislar so‘zlariga ko‘ra, u “inson his-tuyg‘ularini” o‘qishi va shundan kelib chiqqan holda boshqaruv uslubiga o‘zgartirish kiritishi mumkin.

Kompaniya kontseptning texnik detallariga oydinlik kiritmagan.

Volkswagen

2017 yilda Volkswagen o‘zining klassik mikroavtobusining yuqori texnologiyali versiyasini taqdim etdi.

Avtomobil bir bora quvvatlantirilgan batareyada 430 km.ni bosib o‘tishi mumkin. Mikroavtobus lidar, datchiklar, ultratovushli sensorlar bilan jihozlangan.

Toyota Yui

Yaponiya ishlab chiqaruvchisi kontsepti Yui shaxsiy yordamchisi bilan jihozlangan, u haydovchi bilan muloqot qilishi, uning kichik topshiriqlarini bajarishi va avtomobilni boshqarishi mumkin.

Toyota salonida ekranlar yo‘q – faqatgina proyektsion displey mavjud.

BMW

BMW muhandislari o‘z e'tiborlarini avtomobil ichki qiyofasi u avtonom bo‘lganidan so‘ng qanday o‘zgarishiga qaratishgan.

Masalan, ular mashina salonida kitob javonlari va katta televizorni joylashtirishdi.

Nissan VMotion

Nissan VMotion sedani kontseptini Detroytdagi avtoshouda namoyish etdi. 

Avtomobil avtostradalarda avtonom boshqarish tizimi bilan jihozlangan.

Citroen C-Aircross

Citroen C-Aircross kontsepti salonida rangli proyektsion displey asboblar paneli o‘rnida ishlatiladi.

Yon tomondagi oynalar o‘rniga esa kameralar o‘rnatilgan.

Volkswagen Atlas

Volkswagen yo‘ltanlamasi kontsepti o‘ziga tomdagi yuk konteynerini ham qamrab olgan, u o‘z hajmini haydovchi talablaridan kelib chiqish o‘zgartirishi mumkin.

Volkswagen Atlas uchta o‘rindiqlar qatori bilan jihozlangan.

Mavzuga oid