Jahon | 21:34 / 24.03.2017
21295
1 daqiqa o‘qiladi

«Halovat kutmang». Erdo‘g‘an davom ettirmoqchi

© AP Photo

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Yevropadagilar o‘zini diktator deb atashda davom etishsa, u ham ularni fashistlar deb atashda davom etadi.

«Qachonki gap «natsizm» haqida ketsa, ular xavotirga tushishadi. Sizlarga halovat bo‘lmaydi. Toyib Erdo‘g‘anni diktator deb atarkansiz, u sizlarni fashist va natsist ekaningizni eslataveradi», degan Erdo‘g‘an Turkiya g‘arbidagi Denizli shahridagi miting chog‘ida.

Turkiya va Germaniya munosabatlari Istanbulda kelib chiqishiga ko‘ra turk bo‘lgan Germaniya fuqarosi, jurnalist Deniz Yudjyel terrorizmga aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olinganidan keyin yomonlashgan.

Mavzuga oid