Jahon | 20:48 / 24.03.2017
10375
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliya politsiya vaziri o‘zini politsiyaga topshirdi

Avstraliya politsiya vaziri Troy Grant o‘zini politsiyaga topshirdi va ulardan o‘zini jarimaga tortishlarini so‘radi. Bergan ma'lumotiga ko‘ra, u mashina boshqaruvida telefondan foydalangan. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.  

Hamma gap vazir Twitter’dagi o‘z sahifasida boshqa bir mashinaning suratini qo‘yganidan keyin boshlandi. Shundan so‘ng, uning obunachilari mashina boshqarishda smartfondan foydalanish taqiqlanganiga e'tibor qaratishdi. 

Oqibatda Grant o‘z qilmishi yuzasidan politsiyaga hisobot berdi va 325 avstraliya dollari (250 AQSh dollari atrofida) miqdorida jarima to‘ladi. 

Eng qizig‘i, vazir suratni harakatlanmayotgan mashinadan tushirgan. Daily Mail’ga bergan izohiga ko‘ra, u bu vaqtda dvigateli o‘chiq avtomobilda bo‘lgan. Avstraliya qonunchiligiga ko‘ra, mashina boshqaruvida smartfondan qachonki avtomobil to‘xtab turganda va yo‘lning yurish qismida turmaganida foydalanishga ruxsat berilgan. 

Mavzuga oid