Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada "Formula-1" mavsumi Berni Ekklstounsiz boshlanmoqda
"Formula-1"ning navbatdagi mavsumi juma kuni Avstraliyadagi birinchi bosqich bilan boshlanadi. Avtosport ishqibozlarini joriy yilda "Mersedes"ga raqobatchi topilishi bilan bog‘liq savol qiziqtirmoqda.
"Mersedes"ning uch yillik peshqadamligi deyarli barchaning joniga tegdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Britaniyalik Lyuis Hemiltonga raqobatchilar yo‘q edi, bu holatdagi yagona kuchli sportchi, uning jamoa bo‘yicha sherigi Niko Rosberg esa o‘z faoliyatini yakunlashi haqida e'lon qilib bo‘lgan.
Ko‘pchilik ekspertlarning fikricha, joriy yilda vaziyat o‘zgarishi mumkin. Ular "Ferrari" pilotlari Kimi Raykkonen va Sebastyan Fettelni alohida tilga olib o‘tishgan, shuningdek "Red Bull" ham g‘alaba uchun jiddiy kurash olib borishi mumkin.
Sinov poygalari vaqtida "Ferrari" ham, "Red Bull" ham Renault kuch qurilmasi sababli ancha kuchli ko‘rindi.
Bundan tashqari, ko‘p yillar ichida ilk bora Berni Ekklstoun “paradga boshchilik qilmaydi”. Xo‘jayinlar o‘zgarganidan so‘ng amerikalik Cheyz Keri chempionat ijrochi direktori bo‘ldi. Ekklstounning o‘zi esa voqealar bunday rivojlanib ketganidan hayratda ekanini yashirmadi.
"Men bugun ishdan bo‘shatildim. Shunchaki ketmoqdaman. Bu rasman. Mening yangi lavozimim? Bu o‘ziga xos faxriy prezidentlik. Endi ofisdagi kunlarim ancha xotirjam kechadi", - deya ma'lum qildi “Formula-1”ga o‘tgan asrning 70-yillaridan rahbarlik qilib kelgan Ekklstoun.
Tarixdagi birinchi Avstraliya Gran-pri erkin amaliyotlari Melburnda bugun, juma kuni bo‘lib o‘tadi. Uchinchi erkin amaliyot 25 mart kuni o‘tkaziladi, undan so‘ng saralash bahslari belgilangan. Poyga esa 26 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
17:22 / 25.05.2025
Shumaxerning Ferrariʼsi auksion orqali 18 mln dollardan qimmatroqqa sotildi
12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti
21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi
21:02 / 28.04.2025