Jamiyat | 19:45 / 24.03.2017
29562
4 daqiqa o‘qiladi

Milliy qo‘g‘irchoqlarni yaratish qay ahvolda

15 yil avval mamlakatimizga xorijdan “barbi” atalmish qo‘g‘irchoq kirib kelgandi. Ko‘rinishidan ayol qiyofasini aks ettiruvchi o‘yinchoq bolalarning sevimli ovunchog‘iga ham aylangan. Biroq, go‘daklik davrida bola qanday o‘yinchoqni oshno tutinsa, undan ruhiy ta'sir olar ekan. Shuning uchun bolalarga o‘zida go‘zallik, oqillik kabi ezguliklar ifodalangan o‘yinchoqlarni sovg‘a qilishga odatlanganmiz. Lekin barbi qo‘g‘irchog‘ida bolalarga faqat yaxshilik hadya qiluvchi o‘ziga xoslik ko‘rinmaydi.

Barbini bola ko‘rmas joyga qo‘yaylikda, bugungi kunda hunarmandlarimiz tomonidan tayyorlanayotgan qo‘g‘irchoqlarga e'tibor qarataylik. Ushbu qo‘g‘irchoqning tashqi qiyofasida butun borliqni ko‘rish mumkin.Tayyorlangan kiyimlarida esa milliylikning aks ettirilishi bolada ota-onaga mehr uyg‘otishi tabiiy. Biroq, nega bugungi kunda ota-onalar farzandlariga mana shunday milliy qadriyatlarga xos bo‘lgan qo‘g‘irchoqlarni olib berishmaydi?

Xaridorlarning aytishlariga qaraganda o‘zimizda ishlab chiqarilayotgan qo‘g‘irchoqlarning narxi baland ekan. Xorijdan kirib kelgan ayol qiyofasidagi qo‘g‘irchoqlarning narxi arzon deyishyapti.

Mazkur muammolarni o‘rganish maqsadida bugungi kunda Farg‘ona viloyatida milliy qo‘g‘irchoqlarni yaratayotgan usta hunarmand Oydinoy Burxonovaning ustaxonasida bo‘ldik. Eng avvalo milliy qo‘g‘irchoqlarning narxi va ularning sababini so‘radik.

Tadbirkor tomonidan ishlab chiqilayotgan mahsulotga joriy yilning o‘zida yangilik kiritildi. Bu esa xaridorlarning talab va taklifiga mos kelishi mumkin. Ya'ni arzon va qulay... 

Milliy qadriyatga muhabbat eng avvalo oiladan shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlanadi. Oilada farzand uchun milliylik aks etgan qo‘g‘irchoqlar sotib olinsa, bolalar muassasidagi o‘yinchoqlar uning kelajakdagi o‘ylari va orzularini amalga oshishiga xizmat qiladi. Biroq, ayrim maktabgacha ta'lim muassasalarida ana shunday o‘yinchoqlarni uchratmaysiz. Yumshoq o‘yinchoqlar-u, barbilar... Hunarmad bir necha bora mudiralarga murojat qilib milliylikdagi qo‘g‘irchoqlar bilan muassasalarni to‘ldirish taklifini bergan...

Qo‘l mehnati, shuningdek, chinakam bolalikni ko‘rsatuvchi qo‘g‘irchoqlar har bir oila farzandi uchun zarur deb o‘ylaymiz.

Xulosa qiling va mulohaza yuriting. Farzandingiz xorijdan kelgan turqi sovuq qo‘g‘irchoqlarni o‘ynab, ertaga ularga taqlid qilsa. Bolalik vaqtidayoq balog‘at yoshidagi qizlardek fikrlasa... Bu jarayonda mehr muhabbat tuyg‘ulari qayoqda qoladi? O‘zimizning asl qadriyatlarga xos bo‘lgan o‘yinchog‘-u, qo‘g‘irchoqlar bu borada muammolarga to‘la yechim bo‘la olishini esa unutmagan ma'qul. 

Ahror Ziyod, Farg‘ona

Mavzuga oid