Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh davlat kotibi keyingi haftada Erdo‘g‘an bilan uchrashadi
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson keyingi haftada Anqara va Bryusselga tashrif buyuradi, deb ma'lum qildi AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili vazifasini bajaruvchi Mark Toner.
"Davlat kotibi AQShning NATO bo‘yicha ittifoqdoshi bilan yuqori darajadagi hamkorlikni davom ettirgan holda 30 mart kuni Anqaraga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Turkiyaning boshqa yuqori lavozimli shaxslari bilan uchrashgani yo‘l oladi", deb aytdi Toner jurnalistlarga.
Tonerning ta'kidlashicha, bu uchrashuvlar vaqtida Tillerson "Turkiyaning mintaqaviy barqarorlikni ta'minlashdagi muhim rolini tasdiqlaydi va IShIDga qarshi kurashdagi keyingi qadamlarni muhokama qiladi".
Tillerson 31 martda Anqaradan Belgiya poytaxti Bryusselga NATO bosh qarorgohiga tashrif buyurgani jo‘naydi.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025