Fan-texnika | 13:47 / 25.03.2017
12880
2 daqiqa o‘qiladi

Tarixda birinchi marta yengil avtomobil Antarktidani kesib o‘tdi

Hyundai Santa Fe yo‘ltanlamasi Antarktidani kesib o‘tgan birinchi yengil avtomobilga aylandi. Avtomobil Yunion Kemp stansiyasidan Mak-Merdoga bo‘lgan masofani hamda teskari yo‘nalishni 30 kunda bosib o‘tgan.

Sayohat uchun Arctic Trucks kompaniyasi tomonidan tayyorlab berilgan Santa Fe ishlatildi. Avtomobilni afsonaviy qutb tadqiqotchisi ser Ernest Shekltonning evarasi Patrik Bergel boshqardi. Sayohat davomida tashqaridagi harorat Tselsiy bo‘yicha -28ga qadar tushdi.

Yo‘ltanlamas 2,2 litrli dizelli dvigatel bilan jihozlandi, shu bilan birga, agregatning o‘zi, boshqaruv tizimi, transmissiya, oldindagi differensial va uzatma vali boshlang‘ich variantda bo‘lgan. Mashina yo‘lni bosib o‘tishda qiynalmasligi uchun kichik bosimdagi shinalar bilan ta'minlandi.

Shekltonning 1914-1917 yillardagi Transantarktika ekspeditsiyasining yuz yilligiga atab tashkil etilgan safar haqida maxsus film ham surat olindi. U maxsus sayt va YouTube’da 24 mart soat 23:00dan so‘ng taqdim etiladi.

Mavzuga oid