Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreyada amerikalik harbiylarning "yo‘q qilinishi videosi" namoyish qilindi
Shimoliy Koreyaning DPRK Today davlat nashri shimoliy koreyalik merganlar tomondan amerikalik harbiylarning yo‘q qilinishi imitatsiya qilingan videorolikni joyladi.
2 daqiqalik rolikda Shimoliy Koreya bayrog‘i ranglaridagi sport kiyimlarida bo‘lgan merganlar jamoasi mashg‘uloti ko‘rsatiladi. Videoning birinchi qismida erkak va ayol merganlar turli o‘qotar quroldan nishonga olayotganlari, so‘ngra esa barcha otilgan o‘qlar nishonlar markaziga tekkani namoyish qilinadi.
Videoga "Bizning o‘limga olib keluvchi o‘qlarimiz nafaqat tir va stadionlarda yangraydi" degan yozuv ilova qilingan.
Rolikning ikkinchi yarmida amerikalik harbiylar, qiruvchi samolyotlar va esminetslar, shuningdek, urush vaqtida vayron bo‘lgan Shimoliy Koreya aholi punktlari namoyish qilinadi. So‘ngra kadrlar nishon fonida amerikalik harbiylarning tasvirlari bilan almashadi. Har bir yangi tasvirdan keyin o‘q uziladi va tasvirdagi amerikalik harbiy nishonga olinadi.
AQSh-Janubiy Koreyaning Foal Eagle harbiy mashg‘ulotlari sababli Shimoliy Koreya OAVda amerikalik harbiylar yoki Amerika harbiy texnikasi yo‘q qilinayotgani imitatsiya qilingan videoroliklar namoyish qilinmoqda.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025