Jahon | 23:54 / 27.03.2017
8755
3 daqiqa o‘qiladi

Chavusho‘g‘lu Yevropaning fashizmga botganini aytdi

Foto: AFP

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu "fashizmga botgan Yevropa jarlikka qulamoqda", deb aytdi.

Anataliyada nohukumat tashkilotlari vakillari bilan uchrashgan Chavusho‘g‘lu o‘tgan haftada Shveytsariya poytaxti Bernda federal parlament binosi oldida Kurdiston ishchi partiyasi o‘tkazgan aksiyaga izoh berdi. Aktsiyada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni jazolashga chaqiriqlar yangragan.  Shundan keyin Shveytsariyaning Anqaradagi elchisi Turkiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilib, unga qat'iy norozilik bildirilgan.

"Shveytsariyadagi voqea nomaqbuldir. Men Shveytsariya tashqi ishlar vaziri Dide Burkxalterga qo‘ng‘iroq qildim. U bu haqda hech narsa bilmasligini aytgan. Biz unga fotosuratlarni yubordi. Bu fashizm bo‘lmasa, unda nima? Afsuski, bu Yevropa yetib kelgan narsadir. U jarlikka qulamoqda va biz bu haqda aytganimizda, bu ularga og‘ir botadi. Ular qumdan boshlarini chiqarishsa bo‘lardi", deb aytgan Chavusho‘g‘lu. 

Chavusho‘g‘lu, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Turkiyaga nisbatan siyosatini ham tanqid qilgan. "Agar siyosiy partiya, boz ustiga sotsialistik talqindagi partiya fashizmga qarab ketsa, unda Yevropa falokat yoqasida. Yevropa terror, zo‘ravonlikni rag‘batlantiradi, uning nomiga tanqid bildirilganda esa "Nima uchun Turkiya biz haqimizda gapirmoqda?" deb hayron ham bo‘ladi. Biz haqiqatni gapiramiz. Agar siyosiy partiya parlamentda Erdo‘g‘anga qarshi poster ilib qo‘ysa, bu nimani anglatadi? Bu fashizm emasmi? Axir bu terrorchilik tashkilotini qo‘llab-quvvatlash yoki unga sheriklik qilish emasmi? Bu Yevropa terror, terrorchilik tashkiloti bilan bir yo‘ldan borishini anglatadi", deb aytgan Turkiya vaziri. 

Chavusho‘g‘lu Anqara KIPning Shveytsariyadagi aksiyasi tergovi ortidan sinchkovlik bilan kuzatayotganini qo‘shimcha qildi. 

Mavzuga oid