Jahon | 16:42 / 27.03.2017
157306
2 daqiqa o‘qiladi

Islom Karimovning hayoti uchun kurashgan shifokor lavozimidan ayrilishi mumkin

Rossiyadagi tibbiyot markazlarining deyarli yarmidagi rahbarlar o‘z lavozimlaridan ayrilishi mumkin, jumladan Islom Karimovning hayotini saqlab qolish uchun harakatlarda ishtirok etgan Leo Bokeriya ham. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bergan.

Bunga tibbiyot tashkilotlarida rahbarlar yoshini maksimum 65 yosh etib belgilab qo‘yishni nazarda tutuvchi yangi qonun sabab bo‘lishi mumkin. Rossiya Davlat dumasi 65 yoshdan keyin bosh shifokor bo‘lib ishlashni taqiqlovchi qonun loyihasini ma'qullagan.

Bu o‘rinda nafaqat davlat va munitsipial shifoxonalar, balki yetakchi tibbiyot markazlari ham nazarda tutiladi. Ayni vaqtda 77 yoshda bo‘lgan Leo Bokeriya Bakulev nomidagi yurak-tomir jarrohligi markazida rahbarlik qilmoqda.

Bu qonun tashabbuskorlaridan biri, Davlat dumasi sog‘liq himoyasi qo‘mitasi raisi Dmitriy Morozov bunga 60 yoshgacha cheklovlar dunyo tajribasi ekani bilan izoh bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, yetakchi rahbarlar kafedralarda faxriy rahbarlarga aylanishi mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga parlamentariy yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari va tibbiyot markazlaridagi mashhur nomlar bilan bog‘liq vaziyatni izohlashga qiynalgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 avgustdan 28 avgustga o‘tar kechasi O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov dunyodagi yetakchi xorijiy klinikalarining neyroxirurglari, kardiolog va reanimatologlar tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan, 6 nafar mutaxassisdan iborat guruhda akademik Leo Bokeriya ham bor edi.

Mavzuga oid