Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada BAA va Braziliya elchilari yordamchilarini tunab ketishdi
Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida politsiya xodimlari tomonidan BAA va Braziliya fuqarolariga tegishli buyumlarni o‘margan o‘g‘ri qo‘lga olindi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.
Politsiyachilar shahardagi savdo markazlaridan birida ikki kishining uyali telefonini o‘g‘irlab ketgan Shimoliy-Qozog‘iston fuqarosini qo‘lga olishgan.
Ostona ichki ishlar departamenti matbuot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, uyali telefon apparatlari BAA hamda Braziliya elchilarining yordamchilariga tegishli bo‘lgan.
Ushbu holat “O‘g‘irlik” moddasi bilan sudga qadar surishtiruv Yagona reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Telefonlar o‘z egalariga qaytarildi. Gumonlanuvchi Ostona ichki ishlar departamenti vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirildi.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
22:27 / 19.05.2025
Rossiya BAAga salkam 400 kg chuvalchang jo‘natdi
18:41 / 16.05.2025