O‘zbekiston | 09:02 / 27.03.2017
23773
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana bir intellektual sinf ochildi

25 mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Xitoyning ZTE korporatsiyasi homiyligida tashkil etilgan “intellektual auditoriya”ning ochilishi bo‘lib o‘tdi. 

ZTE korporatsiyasi O‘zbekistonda 10 yildan ortiq vaqt mobaynida ish olib boradi. Kompaniya ishtirokida ishlab chiqarish bo‘yicha bir necha qo‘shma korxonalar va turli sohalarda ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirilgan. 

Korporatsiya bugungi kunda elektron ta'limni rivojlantirish sohasida ham o‘z takliflarini berib, TATUda SmartClassroom, ya'ni, “intellektual sinf” tizimini yaratdi. 

Tizim bilimlarni bir tomonlama singdirishdan shaxsga yo‘naltirilgan tadqiqotli o‘qishga o‘tishga imkon beradi, bu esa talabalar bilim olishining motivatsiyasini kuchaytirib, ularning salohiyatini ochilishiga yordam beradi, ta'lim olish jarayoni qiziqroq kechadi. 

Masofaviy ta'lim tizimi o‘qituvchilarga intellektual auditoriyadan chiqmasdan talabalarni masofadan o‘qitishga hamda chet el universitetlari professor-o‘qituvchilari bilan aloqalar o‘rnatishga imkon beradi. 

Har bir dars serverga yoziladi, bu esa talabalar va o‘qituvchilarga har qanday qurilmadan foydalangan holda ma'ruzani ko‘rib chiqishga imkoniyat yaratadi. ZTE multimediali tizimi kompaniyaning noyob dasturiy ta'minoti, elektron displey, elektron doska va planshetlardan foydalanib, talabalar iqtidori rivojlanishini kuzatishga hamda talabalar bilimlarini o‘quv mashg‘uloti vaqtida va undan keyin ham baholash uchun har bir talabaga alohida test yoki butun guruhni test nazoratidan o‘tkazib tekshirishga yordam beradi.

Elektron kutubxona imkoniyatlari tufayli talabalar kitoblardan masofadan turib foydalanishi mumkin, bu esa o‘quv qo‘llanmalar taqsimlanishini ancha tezlashtiradi.

Mavzuga oid