Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya «Erdo‘g‘an o‘ldirilsin» banneri yuzasidan tekshiruv ishlarini boshladi
Istanbul shahri prokuraturasi Turkiya prezidentiga qarshi banner yuzasidan tergov ishlarini boshladi. Unda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an suratiga qaratilgan pistolet hamda pastki qismida «Erdo‘g‘an o‘ldirilsin» so‘zlari yozilgan bo‘lgan, deb yozmoqda Hurriyet nashri.
Ta'kidlanishicha, banner Shveytsariyaning Bern shahrida Kurdiston Ishchi partiyasini qo‘llab-quvvatlash mitingi ishtirokchisi tomonidan osib qo‘yilgan.
Tergov jarayoni «terrorchilik tashkilotini tashkil etishni tashviqot qilish», «terrorchilik tashkilotiga a'zolik» va «prezidentni tahqirlash» bo‘yicha olib borilmoqda.
Yana bir tergov Shveytsariyaning o‘zida mahalliy prokuratura tomonidan boshlangan. Bern politsiyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, «jinoyat va zo‘ravonlikka oshkora da'vat» qilingani sabab surishtiruv ishlari boshlangan.
Politsiya vakilining qo‘shimcha qilishicha, huquq-tartibot idoralari bannerni ko‘rgan zahoti aksiya mobaynida uni qayta ochmasliklari uchun barcha choralarni ko‘rishgan, biroq hech kimni hibsga olmagan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
14:10 / 26.05.2025
Shveytsariya G‘azoga yordam fondiga nisbatan tekshiruv boshladi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025