Jamiyat | 17:38 / 28.03.2017
9175
2 daqiqa o‘qiladi

Video: g‘isht teruvchi robot britaniyalik ishchilarda tashvish uyg‘otmoqda

Buyuk Britaniyaga AQShdan yarim avtomat robot olib kelinishi haqidagi xabar haqli ravishda mahalliy ishchilarning xavotiriga sabab bo‘ldi. Sem laqabli robot bir kecha-kunduzda 3 ming g‘ishtni yotqiza oladi. Bu esa o‘rtacha quruvchi imkoniyatidan 6 marta ko‘p demakdir, deb yozadi Daily Mail nashri.

Britaniyalik quruvchilar esa, bu kabi yarim avtomat mashinalarning joriy qilinishi bilan ish o‘rinlari qisqarishidan xavotir bildirishmoqda. 

Robot konveyer tasmasi, qo‘lda boshqargich va beton nasosidan iborat. Mashinaga ikki kishi xizmat ko‘rsatadi. Ularning biri g‘ishtlarni joylab turadi, ikkinchisi aralashmani tekislaydi. 

U ishga kechikib qolmaydi, tunu-kun tanaffussiz ishlay oladi. Ish sifati tajribali g‘isht teruvchinikidan qolishmaydi. Robot ikki yillar muqaddam Nyu Yorkning Construction Robotics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu vaqtning ichida AQShning turli hududlarida yuzlab quruvchilarning o‘rnini almashtirishga ulgurgan.

Mavzuga oid